AsosiyJamiyat

Samarqandda mas`uliyatsiz ota “DAMAS”si xatlangach, ikki farzandi uchun aliment to`lashga majbur bo`ldi

'Samarqandda mas`uliyatsiz ota “DAMAS”si xatlangach, ikki farzandi uchun aliment to`lashga majbur bo`ldi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Jomboy tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro E.Islomovdan undiruvchi M.Baydullaevaning ikki nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun uchdan bir qismi miqdorida  aliment undirish borish belgilangan.

Bu holat bo`yicha Majburiy ijro byurosi Jomboy tuman bo`limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Anchadan beri fuqaro E.Islomov aliment to`lovlarini to`lamasdan kelayotgan edi.

Biroq, qarzdor E.Islomovning qarzdorligi 6 mln. 165 ming so`mdan oshib ketsa-da, u to`lovni paysalga solib keldi.  

Majburiy ijro harakatlari daomida qarzdorning “DAMAS” avtomashinasi xatlanib, jarima maydoniga qo`yildi.

Shundan so`ng o`ziga to`g`ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlari ta`minotini o`ylab, 6 mln. 165 ming so`m pulni to`lab berdi.

    Boshqa yangiliklar