AsosiyJamiyat

Sirdaryoda o`spirinlar temir yo`l iziga tosh qo`yishdi(foto)

'Sirdaryoda o`spirinlar temir yo`l iziga tosh qo`yishdi(foto)'ning rasmi

Joriy yilning 15 noyabr kuni soat 13:20da Sirdaryo viloyati IIB TXTBga kelgan xabarga ko`ra, 3485 km, 1-to`siqda noma`lum shaxslar (15 va 16 yoshli o`spirinlar) temir yo`l iziga tosh qo`yganligini ma`lum bo`ldi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

Surishtiruv jarayonida, "Guliston-Oqoltin" temir yo`l bekatlari oralig`i 3485-km, 1- to`siqda joylashgan maxsus piyodalar o`tish joyida, voyaga etmagan Guliston shahar, 8-sonli o`rta maktab, 10-sinf o`quvchisi, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida yashovchi 2004 y.t. J.N., Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanida yashovchi 2004 y.t. A.A.lar temir yo`ldan o`tib ketayotib rels ustiga toshlarni qo`yib rasmga tushayotgan vaqtida aniqlangan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 
  

Boshqa yangiliklar