AsosiyJamiyat

Kontrakt to`lovlariga joriy etilgan soliq imtiyozlari ma`lum qilindi

'Kontrakt to`lovlariga joriy etilgan soliq imtiyozlari ma`lum qilindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy o`quv yurtlarida ta`lim olish uchun kontrakt to`loviga yo`naltirilgan daromadlarga joriy etilgan soliq imtiyozlari borasida tushunmovchiliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qo`mitasi o`z munosabatini bildiradi

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandida jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlaridan o`zining, 26 yoshga to`lmagan farzandi yoki eri (xotini)ning ta`lim olishi uchun yo`naltirilgan qismi daromad solig`idan ozod etilishi belgilangan. 

Soliq imtiyozlari O`zbekiston Respublikasining oliy o`quv yurtlarida ta`lim olish uchun yo`naltirilgan mablag`larning, shu jumladan, ta`lim krediti va u bo`yicha hisoblangan foizlarni qaytarish uchun yo`naltirilgan mablag`larning quyidagi qismlari bo`yicha qo`llaniladi:

 soliq to`lovchining yoshidan qat`i nazar o`zining ta`lim olishi uchun yo`naltirilgan mablag`lar;

soliq to`lovchining yigirma olti yoshga to`lmagan farzandining ta`lim olishi uchun yo`naltirilgan mablag`lar;

 soliq to`lovchining yigirma olti yoshga to`lmagan turmush o`rtog`ining ta`lim olishi uchun yo`naltirilgan mablag`lar.

Boshqa yangiliklar