Koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralarning yopilishi 2020 yil birinchi yarmida Rossiyada giyohvand moddalar kontrabandasini uchdan bir qismga kamaytirishga yordam berdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin pandemiyaning ijobiy tomonlari haqida to`xtalib o`tdi. Bu haqda "TASS"ga tayanib "Xabar.uz" xabar berdi.
Davlat rahbari, shuningdek, gubernatorlar giyohvandlikka qarshi siyosat uchun shaxsan javobgar ekanligini ta`kidladi.
Rossiya prezidenti engil giyohvand moddalarni iste`mol qilishning bezrarligini targ`ib qilayotganlarni fosh etishni talab qildi. Shuningdek, u OAV, ijtimoiy tarmoqlar va ta`lim muassasalarida giyohvandlikka qarshi zamonaviy axborot siyosatini kengaytirish zarurligini aytdi. Putinning ta`kidlashicha, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash milliy xavfsizlikka ta`sir ko`rsatishi mumkin. U bu yo`nalishda qat`iyroq harakat qilishga chaqirmoqda.
|
16.11.2020 20:35
Putin pandemiyaning ijobiy tomonlari haqida to`xtalib o`tdi
