Avvalroq Toshkent viloyati hududidan o`tgan avtomobil yo`llarida fotoradarlar orqali jami 457828 ta tezlikni me`yoridan oshirib transport vositasini boshqarganlik holatlari aniqlangani va ularning qanchasi qaysi hududga tegishli ekani ko`rsatkichi e`lon qilingan edi. Ayni paytda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu aniqlangan qoidabuzarliklar ichida ayrim haydovchilar tomonian qayta-qayta tezlikni oshirish holati qayd etilgan.
Xususan, Toshkent shahridan ro`yxatdan o`tgan Lacetti avtomobili haydovchisi joriy yil o`tgan 10 oyi mobaynida viloyat hududida tezlik bilan bog`liq 36 marta qoidabuzarlik sodir etgan.
Haydovchi (5.22 yo`l belgisi) aholi yashash punktida cheklangan tezlik 70 km/s bo`lishiga qaramasdan, ushbu hududdan yuqori tezligi 140 km/s, past tezligi 80 km/s bilan harakatlangan.
Natijada, tezlikni 36 marta me`yoridan oshirish 35 457 000 so`m jarima to`lashga sabab bo`lgan.
Shu kabi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatidan ro`yxatdan o`tgan Nexia avtomobillari ham aholi yashash joyidan 100 km/s kam bo`lmagan tezlikda harakatlanib, 12 martadan qoida buzgan. Holatlar yuzasidan elektron bayonnomalar haydovchilar manzillariga yuborilgan.






