Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan Forish tumanida uy karantiniga olingan maktab xodimlari dori-darmon bilan ta`minlanmadi nomli tanqidiy material Forish tuman hokimligi va viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o`rganildi.
"Joriy yil avgust oyining ikkinchi o`n kunligidan, sentyabr oyining oxirgi o`n kunligiga qadar Forish tumanining o`qituvchilaridan koronavirusga oid tahlillar olingan. Natijada tuman bo`yicha 244 nafar o`qituvchining tahlillari musbat chiqqan.
Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi taqsimotiga asosan Forish tuman tibbiyot birlashmasiga 380 dona koronavirusga chalingan bemorlarga berish uchun Covid-dox jamlanmasi berilgan. Ushbu jamlanmalar oxirgi marta bemorlarga berish uchun 29 avgust kuni hududlarga tarqatilgan.
Shundan so`ng, haqiqatdanam bir muddat bemorlarga dori-darmon berishda uzilishlar bo`lgan. Forish tuman tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan Forish tuman hokimligi “Saxovat va ko`mak” jamg`armasidan o`n uch million so`m mablag` ajratib, ambulator sharoitda davolanayotgan bemorlar uchun dori vositalari xarid qilinib, birinchi navbatda o`qituvchilarga tarqatilgan.
2020 yil 19 oktyabr kuni viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Forish tuman tibbiyot birlashmasiga 1824 ta Covid-dox jamlanmasi berilgan. Ayni paytda ushbu jamlanmadan tahlil natijalari musbat deb topilgan va ambulator sharoitda davolanayotgan bemorlarga berilmoqda" deyiladi xabarda.






