AsosiyJamiyat

Sirdaryodagi haydovchi va GAI xodimining janjalidan so`ng B.Bobojanov ishdan olindi

'Sirdaryodagi haydovchi va GAI xodimining janjalidan so`ng  B.Bobojanov ishdan olindi'ning rasmi

Joriy yilning 21 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan “Sirdaryoda haydovchi va GAI xodimi o`rtasidagi kelishmovchilik videosi tarqaldi. Bunga ko`ra, GAI xodimi haydovchining telefonini olib qo`ygan. Sababi esa noma`lum” sarlavhali video lavha yuzasidan  munosabat bildirilgan edi.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida”gi nizom hamda IIVning ayrim me`yoriy buyruq talablarini buzganligi uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPXO YPX inspektori B.Bobojanov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo`yicha xulosa qabul qilindi.

 

 

    Boshqa yangiliklar