AsosiyJamiyat

Facebook'da "Xalqqa elektr va gaz bering" xeshtegi ommalashmoqda

'Facebook'da "Xalqqa elektr va gaz bering" xeshtegi ommalashmoqda'ning rasmi

Facebook ijtimoiy tarmog`ining o`zbek segmentida "Xalqqa elektr va gaz bering" nomli xeshteglar trendga aylanmoqda. Bu haqda bloger TеmurMalik yozmoqda. 

Uning  kuzatishlariga ko`ra, foydalanuvchilar ushbu so`zlar bilan tushirilgan bannerlarni o`zining profiliga yopishtirib chiqishmoqda.

"O`zbekistonda yillar davomida qish kelishi bilan gaz va elektr bilan bog`liq muammolar kun tartibiga chiqadi. Bu muammo na eski O`zbekiston, na yangi O`zbekiston davrida hal etilgani yo`q. Vaholanki, O`zbekiston oltin qazib olish reytingida fahriy ikkinchi o`rinni, gaz qazib olish bo`yicha esa "kuchli yigirmatalik" ro`yxatida o`rin olgan.

«Sug`ur kuni»da qamalib qolgan fuqarolar o`z dardini kimga aytishni bilmaydi. Shu munosabat bilan, bugun internet foydalanuvchilari birlashib, o`ziga xos fleshmoblar orqali o`z e`tirozlarini bildirishmoqda", deya izoh qoldirgan bloger. 

    Boshqa yangiliklar