Bugun AOKAda o`tkazilgan brifingda Xalq ta`lim vazirligi boshqarma boshlig`i Sarvarbek Sadullaevning ma`lum qilishicha, avvallari nodavlat umumta`lim muassasalari bitiruvchilari mazkur maktabning shahodatnomasini olish imkoniyatlari yo`q edi. Ular davlat umumta`lim maktablarida eksternat tariqasida yakuniy imtihon topshirib, davlat umumta`lim maktabi shahodatnomasini olar edilar.
Bugungi kunda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilib, nodavlat umumta`lim muassasalari ham xuddi davlat umumta`lim maktablari singari bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma berishlariga sharoit yaratildi.






