AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev o`zini tashvishga solayotgan masalani aytdi

'Shavkat Mirziyoev o`zini tashvishga solayotgan masalani aytdi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoev sud qarorlari ijrosini ta`minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazmoqda.

Ma`lumki, ta`lim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish hamda sog`liqni saqlash sohasini rivojlantirish borasida qator farmon va qarorlar qabul qilindi, ushbu ikki masalada yaqinda alohida videoselektor yig`ilishlari o`tkazildi.

- Meni mazkur farmon va qarorlarning joylardagi ijrosi, bu borada hokimlar qanday ish tashkil etayotgani tashvishga solyapti. Bugun hokimlar zamonaviy fikrlaydigan va fidoyi, jonkuyar xalq ta`limi va sog`liqni saqlash boshqarmalari boshliqlarini o`z yoniga olib ish ko`rmas ekan, amaliy natijaga erisha olmaydi, - deya ta`kidladi Prezident Shavkat Mirziyoev.

Shundan kelib chiqib, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mazkur yo`nalishlardagi islohotlarni amalga oshirishda quyi bo`g`in rahbarlariga shaxsiy namuna ko`rsatib, haftada ikki marta maktablar va tibbiyot muassasalari bo`yicha berilgan topshiriqlar ijrosi bilan shug`ullanishi kerakligi qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar