Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov dekabr oyida Eagle Mobile nomli mobil virtual tarmoq operatorini ishga tushirmoqchi. Bu haqda RBS-ga First Mobile kompaniyasining ijrochi direktori Mixail Lextman xabar berdi, deb yozmoqda rbc.ru.
Unga ko`ra, loyiha T2 RTK Holding tarmog`ida (Tele2 brendi) ishga tushiriladi. Dastlabki reja shuni nazarda tutadiki, 2021 yilda kompaniya Rossiyaning 15 mintaqasida xizmatlar ko`rsatadi va 2023 yilga kelib o`z abonent bazasini 2 million kishiga etkazadi.
Eslatib o`tamiz, Habib Nurmagomedov sal avval UFC 254 turnirda Jastinni muddatdan oldin taslim etib g`alaba qozondi. Va onasi uchun boksni tark etganini e`lon qildi.






