Koronavirus pandemiyasini o`ta qattiq harakat qilgan holda tezda to`xtatish mumkin.
Infeksiyaga qarshi kurashning ushbu usulini immunolog-allergolog Vladimir Bolibok ma`lum qildi. Bu haqda Sputnik manbasiga tayanib xs.uz yozmoqda.
Shifokorning taxminicha, aholi o`z uyida qolsa va hech qaerga chiqmasa, epidemiyani ikki hafta ichida tugatish mumkin. Zero, bunday holatda virusning tarqalish zanjiri to`xtaydi.
“Epidemiologiyaga oid har qanday darslikda “Agar yuqtirganlarni ajratib, qat`iy karantinga rioya qilishga undasangiz, epidemiyani to`xtata olasiz, chunki virus inson organizmida abadiy mavjud bo`lolmaydi. Yoki organizm virus bilan birga nobud bo`ladi yoki virus o`ladi, organizm esa tiklanadi”, deb yozilgan”, demoqda Bolibok.
Uning so`zlariga ko`ra, amalda bunday rejani amalga oshirish juda qiyin, ammo aynan shunday qattiq choralar Xitoy, Tayvan, Janubiy Koreya va Vetnamda o`z natijasini berganligi aytilmoqda.






