2020 yil 30 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga "NOGIRON QIZIMNI ZO'RLAB TASHLADI XECH KIM QARAMADI" sarlavhasi bilan fuqaroning videomurojaati joylandi. Ushbu videomurojaatda aks etgan holatlar bo`yicha Andijon viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganish ishlari olib borildi, deya rasmiy munosabat bildirdi Andijon viloyati IIB Axborot xizmati.
Aniqlanishicha, 2020 yil 26 sentyabr kuni Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro K.I tuman IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o`z arizasida qo`shnisi Yu.F voyaga etmagan qizi M.A bilan 3-4 oydan buyon jinsiy aloqada bo`lib, unga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar sodir etganligini ma`lum qilgan va Yu.F.ga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Ushbu murojaat shu kuni Paxtaobod tumani IIB navbatchilik qismi tomonidan ro`yxatdan o`tkazilib, tuman tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Tergov harakatlari jarayonida sudga oid tibbiy,fizika-texnika va psixiatriya ekspertizalari o`tkazilgan. Tekshiruv yakuniga ko`ra fuqaro Yu.F voyaga etmagan M.A bilan 2018 yildan buyon, uning 16 yoshga to`lmaganligini anglagan holda jinsiy aloqa qilib kelganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan 2020 yil 04 noyabr kuni fuqaro Yu.F.ga nisbatan O`zbekisiton Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.