AsosiyJamiyat

Yakkabog`da shifoxonaning bo`lim boshlig`i navbatchilik jadvaliga kiritib qo`yishi uchun hamshiradan 300 dollar so`radi

'Yakkabog`da shifoxonaning bo`lim boshlig`i navbatchilik jadvaliga kiritib qo`yishi uchun hamshiradan  300 dollar so`radi'ning rasmi

O`zbekiston Repsublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va Yakkabog` tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar bo`limi hamkorligida 10 noyabr kuni tezkor tadbir o`tkazilgan.

Ma`lum bo`lishicha, Yakkabog` tuman shifoxonasining tug`ruqxona va ichki reanimasiya bo`limi boshlig`i Nodirova shifoxonada ishlovchi hamshiralardan birini navbatchilik jadvaliga kiritmasa, unga ish haqi chiqmasligini aytib qo`rqitadi.

Tabiiyki, hamshira buni istamaydi. Bo`lim boshlig`i navbatchilik jadvaliga hamshiraning ism-familiyasini kiritish evaziga ta`magirlik yo`li bilan 300 dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Nodirovaga nisbatan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar