AsosiyJamiyat

O`zbekistonda murakkab ko`z operasiyalari uchun mikrojarrohlar tayyorlanadi

'O`zbekistonda murakkab ko`z operasiyalari uchun mikrojarrohlar tayyorlanadi'ning rasmi

Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi  « DMC » klinikasi bilan ta`lim sohasida va sog`liqni saqlash tizimi xodimlarining malakasini oshirish, tibbiyot fanini rivojlantirish bo`yicha Memorandum imzolandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lumot uchun: «Doktor Maqsudovaning innovasion klinikasi»  (DMC) oftalmologiya yo`nalishida tashkil etilgan bo`lib, bugun uning tarkibida bir qator yo`nalishlar mavjud. Jumladan, ular orasida ko`z mikrojarrohligining ko`z kasalliklarini davolashda ko`z kosasi ichiga kirib, ko`z pardasiga yo`l olish imkonini beradigan «vitrektomiya» usulini qo`llaydigan yo`nalish ham mavjud.   

Bunday operasiyalarni olib borish uchun yuqori professionallikka ega mutaxassislarini klinika o`z oftalmolog-mikrojarrohlarini chet elda o`qitishini ta`minlagan. Lekin bunday mutaxassislarga respublikaning barcha hududlarida talab yuqori. Ularni O`zbekistonda tayyorlashga «DMC» klinikasidagi mavjud yuqori aniqlikdagi simulyator yordam beradi. Ushbu yutuqni klinika innovasion texnologiyalar bo`yicha grant tanlovida g`oliblik tufayli qo`lga kiritgan.

 

Milliy palata va «DMC» ushbu simulyatorining imkoniyatlaridan keng foydalanishni rejalashtirgan. Bu ushbu sohaning dunyo miqyosidagi rahnamosi VR Magic (Germaniya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bunday simulyator bugun tibbiyot oliygohlari bitiruvchilarining oliy ta`limdan keyingi ta`lim olishi hamda kasbiy faoliyatini yuritayotgan shifokorlar malakasini oshirish uchun zarur. 

Ushbu simulyatorning Markaziy Osiyoda hozircha yagona ekanligini inobatga olib, Milliy palata uning imkoniyatlariga qo`shni mamlakatlardan ham mikrojarrohlar e`tiborini jalb etishni rejalashtirgan. 

«Bizning hamkorligimiz ko`z kasalliklarini zamonaviy tibbiyot va oftalmologiyadarajasida tashhislash va davolash standartlarini ishlab chiqarish jarayoni samarasini ham oshiradi. Bunday standartlarni joriy etish Milliy palataning asosiy vazifalaridan biri sanaladi, — deb ta`kidladi ushbu davlat tizimi rahbari Rovshan Izamov Memorandumni imzolash jarayonida. — Rejadan shuningdek oftalmojarrohlar attestasiyasini Evro Ittifoq mamlakatlari tizimi asosida  takomillashtirish ham joy olgan». 

 

Ko`z kasalliklari bilan shug`ullanadigan mikrojarrohlarni tayyorlashdagi o`zgarishlar bemorlar uchun nima beradi? 

«DMC» ta`sischisi va direktori, O`zbekiston Sog`liqni saqlash tizimining xizmat ko`rsatgan xodimi Zulfiya Maqsudova quyidagi izoh berdi:

«Ushbu simulyasiya apparati oftalmolog-mikrojarrohning har bir harakatini katarakta va ko`z gavhari implantasiyasi (almashtirish) kabi yuqori texnologiyali operasiyalarda ham kuzatish imkonini beradi. Shuningdek, ko`z kosasi kasalliklarini davolashda ham, ko`z to`rida operasiya jarayonida uni ko`chirishda, yoki ushbu to`qimalar bilan bog`liq boshqa kasalliklarni davolashda ham qo`llaniladigan viktrektomiya usulidagi operasiyalarda ham. Bugun mamlakatimizda mikrojarrohning mahorati uning nazariy bilimlari orqali tekshiriladi. Ushbu simulyator nafaqat o`qitish, shuningdek oftalmolog-mikrojarrohning barcha amaliy harakatlarini tekshirish imkonini beradi. Bunda har bir harakat kompyuter yordamida nazorat qilinadi, va operasiyaning navbatdagi bosqichidan o`tmasdan kompyuter sizning keyingi bosqichga o`tishingizga yo`l qo`ymaydi. Simulyatorda o`rganish mikrojarrohning har bir harakatini avtomatlashtirish darajasiga etkazadi. Bu murakkab texnikani chalg`itib bo`lmaydi. Agar mikrojarroh etarli darajada professional bo`lmasa, simulyator uning ojiz tomonlarini ob`ektiv ravishda ko`rsatib beradi. Bu esa amaliyot o`tayotgan bizning shifokor oftalmologlarimizga ular uchun o`qish jarayonida yuqori professionallik darajasiga etish uchun yana nimaning ustida ishlashlari kerakligini aniq tushunish imkonini beradi. Buning natijasi muvaffaqiyatli operasiyalar, ko`z kasalligi tufayli nogiron bo`lib qoladiganlar sonining kamayishida ko`rinadi».

 

O`zbekistonning Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi va «DMC» klinikasi hamkorligi oftalmologiya sohasidagi hamkorlik bilan chegaralanib qolmaydi. Mamlakatimiz sog`liqni saqlash tizimi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan bir qator qiziq va zamonaviy loyihalar muhokama qilingan. 

 

    Boshqa yangiliklar