AsosiyJamiyat

Sergelidagi ko`p qavatli uy oldida 28 yoshli fuqaro yigit va qizni pichoqladi

'Sergelidagi ko`p qavatli uy oldida 28 yoshli fuqaro yigit va qizni pichoqladi'ning rasmi

Toshkentda yoshlar o`rtasidagi haqorat pichoqbozlik bilan tugadi, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti. 

Aniqlanishicha, 2020 yilning 16 noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani Sergeli-2 daha, 36-uyning oldida, 28 yoshli Alisher M. bilan fuqaro 18 yoshli Ag`zam Y., uni haqorat qilganligi sababli o`rtalarida kelib chiqadi.  O`zaro janjal oqibatida oldida bo`lgan oshxona pichog`i bilan Ag`zam Y.,ga hamda ularni ajratib, bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo`lgan fuqaro 24 yoshli Shaxnoza M.,ning tanasini turli joylariga bir necha marotaba urib, tan jarohati etkazgan.

Oqibatda, Ag`zam Y., va Shaxnoza M.,lar  tan jarohatlari bilan RShTYoIMga murojaat qilishgan.

Ko`zdan kechirish jarayonida hodisa joyidan oshxona pichog`i ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan Alisher M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Alisher M., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va himoyachi ishtirokida so`roq qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar