AsosiyDunyo

COVID-19ga qarshi emlangan besh nafar shifokorda koronavirus aniqlandi

'COVID-19ga qarshi emlangan besh nafar shifokorda koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Rossiyaning Tomsk viloyatida COVID-19ga qarshi emlangan 42 nafar sog`liqni saqlash xodimlaridan beshtasida yangi koronavirus infeksiyasi bo`yicha test natijalar musbat chiqdi. Bu haqda tass.ru yozmoqda. 

Xabarga ko`ra, Tomsk viloyatida koronavirusga qarshi emlash 6 oktyabrda boshlangan. Mintaqaga etkazilgan dastlabki 42 dozada Tomsk tez yordam stansiyasi, 2-sonli tibbiyot bo`limi nafas olish stasionarlari, 3-sonli shahar kasalxonasi, shoshilinch tibbiy yordam kasalxonasi va Tomsk viloyat kasalxonasi xodimlari emlandi. Ikkinchi in`eksiya, qoidalarga ko`ra, ular birinchisidan uch hafta o`tgach amalga oshirilishi kerak. Emlashdan keyin ular ikki oy davomida kuzatiladi.

"Vaksinasiyaning birinchi bosqichidan keyingi davrda koronavirusga tekshiruvda to`rtta shifokorda, ikkinchi bosqichdan keyin yana bitta odamda ijobiy natija berdi. Emlashdan keyin ularning barchasi o`zlarining vazifalarini bajarishda davom etishdi, shu jumladan yangi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga", - deyiladi xabarda.

Birinchi emlashdan keyin koronavirus uchun ijobiy test natijalari holatlari Sibir Federal okrugining ikki mintaqasida - Oltoy o`lkasi va Kemerovo viloyatida ham aniqlandi. Oltoyda va Kuzbasda bitta emlangan tibbiyot xodimlarida infeksiya tasdiqlangan.

 

    Boshqa yangiliklar