AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 9 oyda 647 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi. Ular kimlar va qanday jinoyatlar sodir etgan?

'O`zbekistonda 9 oyda 647 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi. Ular kimlar va qanday jinoyatlar sodir etgan?'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2020 yil 9 oyi davomida korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan mansabdor shaxslar haqida tahliliy ma`lumot taqdim etdi.

Unga ko`ra, 2020 yilning 9 oyi davomida esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jami 838 ta korrupsiya holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo`zg`atilgan bo`lib, shundan sudlarga yuborilgan 454ta jinoyat ishlari bo`yicha 647 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

2020 yilning 9 oyi davomida aniqlangan korrupsion huquqbuzarliklar sodir etgan mansabdor shaxslarning eng katta qismi, ya`ni 261 nafar shaxs (40,3%) ni JK ning 167-moddasida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan mansabdor shaxslar tashkil qilgan. Shuningdek, JK ning 168-moddasi bilan 116 nafar shaxs,  184-moddasi bilan 68 nafar shaxs, 210-moddasi bilan 56 nafar shaxs, 205-moddasi bilan 24 nafar shaxs, 206-moddasi bilan 9 nafar shaxs, 207-moddasi bilan 15 nafar shaxs, 209-moddasi bilan 7 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi 626 nafar shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan sohalar kesimi bo`yicha tahlil natijalari ko`ra, 7 nafar hokim o`rinbosarlari, 1 nafar prokuratura, 1 nafar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, 13 nafar Majburiy ijro byurosi, 1 nafar adliya, 59 nafar IIV xodimi, 6 nafar DSQ xodimi, 1 nafar bojxona, 2 nafar Milliy gvardiya, 3 nafar Mudofaa vazirligi, 57 nafar sog`liqni saqlash vazirligi,  8 nafar bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, 15 nafar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, 89 nafar xalq ta`limi vazirligi, 36 nafar maktabgacha ta`lim vazirligi, 34 nafar bank rahbarlari, 184 nafar ustavida davlat ulushi mavjud bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.  

2020 yilning 9 oyi davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 339 388 so`mlik moddiy zarar etkazilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar