AsosiyDunyo

Tojikistonda koronavirus infeksiyasi xavfi tufayli Yangi yil tadbirlari bekor qilindi

'Tojikistonda koronavirus infeksiyasi xavfi tufayli Yangi yil tadbirlari bekor qilindi'ning rasmi

Tojikistonda koronavirus infeksiyasi xavfi tufayli Yangi yil tadbirlari bekor qilindi.

Mamlakatning Koronavirusga qarshi kurashish shtabi shunday qarorga keldi.

Shtabning qaroriga muvofiq tojikistonda Yangi yil bayrami arafasida tashkil qilinadigan barcha tantanalar va bayram archasini o`rnatish tadbirlari bekor qilindi.

Aholi bayram kunlari ko`chaga va parklarga chiqishi mumkin, ammo qat`iy karantin talablarini saqlagan holda, masofa saqlagan holatda bayramda sayr qilishga ruxsat berildi.

 Eslatib o`tamiz, bugungi kunda mamlakatda koronavirus bilan bog`liq rasmiy kunlik ko`rsatkich 40 zararlanish holatini tashkil qilmoqda. 

Jami koronavirus yuqtirgan aholi 11731 nafarga etgan. Kasallik natijasida o`lim holatlari 86 ta. Ayni kungacha umumiy hisobda 11105 kishi koronavirusni engib o`tgan.

    Boshqa yangiliklar