AsosiyShou-biznes

Xonanda Kamillaning klipi ELLO kanalida 5 o`rinni egalladi

Xonanda Kamillaning “Illyuziya” klipi YouTube`ning ELLO kanalida hafta davomidagi eng ommabop kliplar o`ntaligida 5 o`rinni egalladi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda.

3D formatidagi videoklip “Pomidor entertainment” prodyuserlik markazi tomonidan suratga olingan. Klip bosh qahramoni xonandaning o`zidan chizib olingan.  

Mazkur klipning taqdimoti 2015 yilning 27 dekabrida bo`lib o`tgan edi. Undan avval esa xonanda qo`shiqning o`zbek tilidagi talqini “Meni sevmaganday”ni taqdim etgan edi.

“Bu haqda faqat orzu qilish mumkin bo`lsa kerak. ‘Illyuziya’ qo`shig`iga ishlangan klip endi ELLO kanalida”, —deb yozgan edi xonanda Facebook`dagi sahifasida.

ELLO kanali yirik musiqa kompaniyasi Symbolic Entertainment Group LLC tomonidan 2010 yilda yaratilgan bo`lib, qisqa muddat ichida YouTube`ning musiqa bo`limida etakchi o`ringa chiqdi. Mazkur kanalning 2 millionta a`zosi bor.

    Boshqa yangiliklar