Qo`shma Shtatlarning amaldagi Prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasining yuqori martabali a`zolari yordamida ba`zi shtatlarda saylovchilar tomonidan berilgan ovozlarni uning foydasiga qayta ko`rib chiqilishiga erishmoqchi. Bu haqda Reuters vaziyatdan xabardor bo`lgan uchta manbaga asoslanib xabar bermoqda, deb yozdi rbc.ru.
Agentlik suhbatdoshlarining aytishicha, AQShning bir necha shtatlaridagi sudlar ovozlarni ko`rib chiqishni rad etishganidan so`ng, Tramp nufuzli respublikachi qonunchilar orqali harakat qilishga qaror qildi.
Michiganning Vakillar palatasi spikeri ilgari eng ko`p ovoz olgan nomzod shtat saylovchilarining ovozini oladi deb aytgan edi.
Trampning saylovoldi kompaniyasidagi manbasining aytishicha, prezidentning strategiyasi - an`anaviy ravishda demokratlarga ovoz beradigan yirik shaharlarda byulletenlarni sanashda savol berish. Shundan so`ng mahalliy respublikachi qonunchilar aralashishga va, ehtimol, saylovchilarni amaldagi prezidentga ovoz berishga ishontirishdan boshqa iloj qolmaydi.
18 noyabr kuni Pensilvaniya Oliy sudi Trampning qayta hisoblash bo`yicha da`vosini rad etdi. Amaldagi prezidentning guruhi shtat respublika kuzatuvchilarining ovozlarni sanash jarayonini kuzatish imkoniyatlarini cheklagan deb ta`kidlashdi. Sudyalarning aksariyati - ettitadan beshtasi - da`volarni yaroqsiz deb topdilar.