Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi vatandoshimiz Po`latov Javlon Boxronovich yangi www.ouruzbekistan.com elektron saytini ishga tushirdi. Bu haqda Turizimni rivojlantirish qo`mitasi ma`lum qildi.
Mazkur sayt orqali O`zbekistonning boy turizm salohiyatini arab davlatlarida istiqomat qiluvchi mahalliy aholi orasida ingliz va arab tillarida keng targ`ib qilish ko`zda tutilgan. Shuningdek, ushbu saytda O`zbekistonning tabiati, madaniyati, urf-odatlari hamda turizm salohiyati haqida ma`lumotlar joylab boriladi.