AsosiyJamiyat

Elektr o`chgani sabab nobud bo`lgan parrandalar haqini kim to`laydi? – Deputatlar izoh berdi

'Elektr o`chgani sabab nobud bo`lgan parrandalar haqini kim to`laydi? – Deputatlar izoh berdi'ning rasmi

Biroz avval Qashqadaryoda 3 kun chiroq bo`lmagani sababli tadbirkorning 5000 dan oshiq parrandasi nobud bo`lgani haqida xabar bergan edik.  Ushbu materialda chiroqsiz qolib, xonavayron bo`lgan tadbirkorning zararini kim qoplaydi, eya savl berilgandi.Deputatlar minbari kanalida ushbu voqea shu bilan bog`liq vaziyatda kim tovon to`lashi yuzasidan munosabat bildirildi. Unda jumladan shunday deyiladi:

"Ushbu parrandalar 3 kun elektr bo`lmaganligi natijasida nobud bo`lgan bo`lsa, bunga kim javobgar, tadbirkorning zararini kim qoplaydi, degan savol tug`iladi.

Qarang, “Elektr energetikasi to`g`risida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan:

- elektr ta`minoti shartnomasiga binoan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki uning elektr ta`minoti korxonasi iste`molchiga elektr energiyasini ulangan tarmoq orqali etkazib berish majburiyatini oladi;

- iste`molchi esa foydalanilgan elektr energiyasi uchun haqni o`z vaqtida to`lash, elektr energiyasi iste`mol qilishning shartnomada nazarda tutilgan rejimiga rioya etish, o`zi foydalanayotgan elektr tarmoqlarining, elektr energiyasi iste`moli bilan bog`liq asbob va uskunalarning lozim darajadagi texnik holatini hamda xavfsizligini ta`minlash majburiyatini oladi.

Demak, hududiy elektr tarmoqlari iste`molchi, ya`ni bizning holatda parrandachi tadbirkor bilan tuzilgan elektr ta`minoti shartnomasiga asosan unga elektr energiyasini o`z vaqtida etkazib berish yuzasidan mas`ul hisoblanadi.

Xo`sh, elektr ta`minoti korxonalarining iste`molchi - tadbirkor oldida yana qanday majburiyatlari bor edi?  

Yuqoridagi Qonunning 25-moddasiga asosan, elektr ta`minoti korxonalari:

- elektr ta`minoti shartnomalariga muvofiq iste`molchilarga elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlashi;

- elektr tarmog`i xo`jaligi ob`ektlaridagi rejali ta`mirlash ishlari va avariya rejimi munosabati bilan elektr energiyasi etkazib berishning cheklanishi to`g`risida iste`molchilarni belgilangan tartibda xabardor qilishi shart.

Elektr ta`minoti korxonasi o`sha tadbirkorga elektr energiyasini shartnomaga muvofiq etkazib bermagan bo`lishi, yoki tadbirkorni elektr energiyasi etkazib berishning cheklanishi, ya`ni “svet o`chib qolishi” yuzasidan tegishli tartibda habardor qilmagan bo`lishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 477-moddasiga asosan:

“energiya ta`minoti shartnomasi bo`yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan ta`minlovchi tashkilot shu tufayli etkazilgan zararning, abonent esa etkazilgan haqiqiy zararning o`rnini qoplashi shart” deyilgan.

Ya`ni, agar elektr ta`minoti korxonasi haqiqatan ham, biz yuqorida ko`rsatib o`tgan majburiyatlarini bajarmagan yoki etarli darajada bajarmagan bo`lsa va bu rasmda ko`rsatilganidek parrandalarning nobud bo`lishiga olib kelgan bo`lsa, shubhasiz bu korxona tadbirkorga etkazilgan zararni to`liq qoplashi kerak", deyiladi deputatlar izohida. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar