AsosiyShou-biznes

Lola sobiq turmush o`rtog`ining uylanishiga o`z munosabatini bildirdi

Xonanda Lola va uning sobiq turmush o`rtog`i Shohrux 2005 yilda turmush qurgan edi.Ularning ikki nafar- o`g`il va qiz farzandlari bor. Xonanda shu paytgacha turmush o`rtog`i bilan ajrashganini sir saqlab kelar edi. U yaqinda “Redpen.uz” saytiga bergan intervyusida turmush o`rtog`i bilan ajrashganini tan oldi. Ular 2011 yilda ajrashgan edi.

16 yanvar kuni Toshkentdagi Yakkasaroy restoranida Lolaning sobiq turmush o`rtog`i Shohrux yana uylandi. “Shov-shuv.uz” nashri Lola sobiq turmush o`rtog`ining yangi nikohiga qanday fikr bildirganini ma`lum qildi.

"Hamma baxtli bo`lsin! Yuqoridagi mavzu borasida boshqa izohim yo`q!",- dedi Lola.

    Boshqa yangiliklar