Yaponiyada sayyoraning eng keksa kishisi vafot etdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Yasutaro Koide Yaponiyaning Nagoya shahri shifoxonasida bugun, 19 yanvar kuni vafot etdi. U 113 yoshda edi.
Fukui provinsiyasida 1903 yilda tug`ilgan Koide uning hamyurti Sakari Momoi 112 yoshida vafot etganidan so`ng er yuzidagi eng keksa kishi, deb tan olingan edi.
2015 yilning 28 sentyabrida Yaponiyada er yuzidagi eng keksa ayol 115 yoshida vafot etgan edi. Oila a`zolarining istagiga ko`ra, uning ismi OAVda e`lon qilinmagan. Bu ayol 1900 yil 15 martda Tokioda tug`ilgani ma`lum qilingan edi. Shundan so`ng Yaponiyadagi eng keksa ayol Kagosima prefekturasida yashovchi 115 yoshli Nabi Tadzima deb tan olingan edi.
Endilikda Yaponiyadagi eng keksa kishi Tokioda yashovchi 111 yoshli Masamisu Yosida hisoblanadi.
Yaponiya sog`liqni saqlash vazirligi bergan ma`lumotlarga ko`ra, Yaponiyada 60 mingga yaqin 100 yoshli kishilar istiqomat qiladi.





