Fransiyaning Renault avtokonserni 15 mingta avtomobilini dvigatel ishini tekshirish uchun chaqirib oladi. Bu haqda mamlakat ekologiya vaziri Segolen Ruayal so`zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Kompaniya o`zining 15 mingta avtomobilini ularning motori har qanday ob-havo sharoitida ham yaxshi ishlashini tekshirish va shunga moslashtirish maqsadida chaqirib olishga majbur bo`ldi”, - dedi vazir.
Joriy oy boshida Renault kompaniyasining bir nechta zavodlarida bir vaqtning o`zida tekshiruv ishlari o`tkazilgan edi. Tekshirish ishlari natijasida ma`lum bo`lishicha, Renault faoliyati mobaynida shu paytga qadar qonunga zid holatlar kuzatilmagan.





