Kuni kecha xonanda Dilfuza Ismoilovaning restoranda sariq libosda davrani to`ldirib raqsga tushayotgani tasvirlangan suratlari tarqaldi, deb yozadi Qalampir.uz.
Bu suratlarni ko`rganlar gap nima haqida ketayotganini yaxshi biladi. Suratlarda ularni ancha yillar avval olinganini payqash qiyin emas. Qiziq, Dilfuza Ismoilovaning bu suratlarini tarqatish kimga kerak bo`ldi?
Mazkur savolga oydinlik kiritish maqsadida Qalampir.uz nashri Dilfuza Ismoilovaga murojaat qilgan:
— “Gadoning dushmani – gado bo`ladi” deyishadi. Xonanda Ozoda Nursaidova 14 yil avval onasining tavallud kuniga taklif qilgan edi. Bu suratlar o`sha tug`ilgan kundagi video tasvirdan “stop kadr” qilib olingan. Odamlar shu darajada insofsiz, vijdonsiz bo`lib ketganiga hayronman.
Bir narsani ishonch bilan aytaman, bu suratlarni xonanda Ozoda Nursaidova tarqatgan. O`sha tug`ilgan kunda olingan videodan nafaqat mening, balki hamkasbim Aziza Niyozmetovaning ham suratlari tarqalgan, - deydi Ismoilova.
Shuningdek, xonanda bordiyu yana shunday suratlar tarqalsa qonuniy chora ko`rishini ma`lum qildi.





