AsosiyShou-biznes

Gulbahor Erqulova barcha ko`rguliklariga qabristonlarga ko`milgan suratlari sabab ekanligini aytdi

So`nggi paytlarda efirlarda va bayram tadbirlarida ko`rinmay qolgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulbaxor Erqulova internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda estrada san`atkorlarining eng faol tanqidchisiga aylanib qolgan desak mubolag`a bo`lmaydi.

Xonandaning ana shunday faolligi uni "Sayyod-media"ga intervyuga taklif etilishiga olib keldi.

Sayyod.com’da yozilishicha, xonanda uning boshiga tushgan barcha g`amlarga uning qabristonlarga ko`milgan suratlari sabab bo`lganligini aytgan.

“Bir oy tilsiz yotdim...onamdan ayrildim... 20 yildan oshiq yashagan erimdan ajraldim...ishimdan chetlatildim...hammasi bir bo`lib keldi. Balki bunga sabab mozorlarga ko`milgan suratlarimdir? Buyurtma berganlarning nomlarini aytib, ushbu suratlarni o`z qo`limga olib kelishganida lol qolgandim”.

Ma`lum bo`lishicha, u fosh etgan maqom xonandalari sirlari oldida estrada mojarolari hech narsa emas. 

Darvoqe, Gulbahor Erqulova intervyu davomida Dilnura Qodirjonovaning vafotidan keyin “Hudo rahmat qilsin xam demayman” degandim o`zimga. Oradan biroz o`tib, Qodirjonovaning onasi qo`ng`iroq qilib, Dilnurani singlisi xam olamdan o`tganini aytgan va uni kechirishimni so`ragan.  
 

    Boshqa yangiliklar