Turkiya Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, 26 noyabrda mamlakatda koronavirus sabab dunyodan o`tganlarning kunlik soni rekord darajada ko`payib, 174 kishining o`lgani qayd etildi. Bu bilan virus qurbonlarining umumiy soni 13 014 taga etgan. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.
Shuningdek, Turkiyada payshanba kuni koronavirusga chalinish bo`yicha ham kunlik eng yuqori ko`rsatkich qayd etildi. Bu mamlakatda o`tgan sutka davomida 29 132 kishiga COVID-19 tashxisi qo`yilgan. Payshanba kungi statistikada koronavirusni alomatlarsiz o`tkazayotgan bemorlar ham qo`shib hisoblangan.
Turkiya hukumati iyul oyidan beri COVID-19 ni alomatlarsiz o`tkazayotgan odamlarni kasallar soniga qo`shmayotgandi. Bu esa ko`plab tanqidlarga uchragan. 25 noyabrdan boshlab Turkiyada shunday bemorlar ham umumiy statistikaga qayta kiritila boshlandi.






