1

"Islom davlati" Jihodchi Jonning yo`q qilinganini tasdiqladi

Dunyo 20.01.2016, 12:38
"Islom davlati" Jihodchi Jonning yo`q qilinganini tasdiqladi

Jihodchi Jon laqabli jangari Muhammad Emvaziyni yo`q qilish operasiyasi AQSh va Buyuk Britaniya birgalikda amalga oshirilgan sa`y-harakatlari bilan amalga oshirildi.

"Islom davlati" terrorchilik guruhi Muhammad Emvaziyning halok bo`lganini tasdiqladi.  

Jihodchi Jon 2014 yilning avgust oyida amerikalik jurnalist Jeyms Foulini qatl etganidan so`ng mashhurlikka erishgan. Ma`lumotlarga ko`ra, terrorchi 1988 yilning avgust oyida tavallud topgan. 

Bugun "Islom davlati" terrorchilik guruhi dunyo hamjamiyatiga tahdid solayotgan asosiy xavf sanaladi. Uch yil ichida terrorchilar Iroq va Suriyaning katta hududini egallab oldi, hozir ular o`z ta`sirini Shimoliy Afrika mamlakatlariga ham o`tkazmoqchi.

Ma`lumotlarga ko`ra, hozirda terrorchilar egallab olgan hudud 90 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi, bugun IShID tarkibida 50 mingdan 200 minggacha jangarilar mavjud.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1