Turkiya bosh vaziri: Istanbuldagi teraktdan so`ng Turkiya DAIShga qarshi yanada faol kurash olib boradi

Dunyo 20.01.2016, 12:46
Turkiya bosh vaziri: Istanbuldagi teraktdan so`ng Turkiya DAIShga qarshi yanada faol kurash olib boradi

12 yanvar kuni Istanbulda sodir etilgan, 10 kishining hayotiga zomin bo`lgan terakt  DAIShga qarshi kurash choralarini yanada jadallashtirish lozimligini ko`rsatmoqda. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Ahmat Dovuto`g`lining The Wall Street Journal gazetasining elektron  talqinida chop etilgan maqolasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Uning so`zlariga ko`ra “terrorchilarning so`nggi hujumi Suriya inqiroziga daxldor masalalarda muvofiqlashtirilgan javob harakatlari zaruratini taqozo qiladi”.

“DAISh yoki “Islom davlati” tarixan Xudoga ibodat qilingan joyga bu qadar yaqin erda teraktlar uyushtirishga jur`at qilgan ekan, bu ushbu guruhning dinga hech qanday aloqasi yo`qligidan dalolat beradi”, - qo`shimcha qildi Dovuto`g`li.

Eslatib o`tamiz, 12 yanvar kuni Istanbulning Sultonahmad maydonida sodir bo`lgan terakt oqibatida 10 kishi halok bo`lgan va 17 kishi yaralangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1