AsosiyJamiyat

Tezkor! Yangiyo`ldagi uyda gazdan portlash sodir bo`ldi, xonadon sohiblari vayronalar tagida qolib ketib, vafot etdi

'Tezkor! Yangiyo`ldagi uyda gazdan portlash sodir bo`ldi, xonadon sohiblari vayronalar tagida qolib ketib, vafot etdi'ning rasmi

FVV xabariga ko`ra, bugun, 30 noyabr kuni soat 7:42 da Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani Istiqlol ko`chasi, "Qirariq" MFY da joylashgan 80-sonli  uyda gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida yong`in kelib chiqqan. Birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, chaqnash natijasida uyning bir qismi qulab tushgan va xonadon sohiblari vayronalar ostida qolgan. Turar-joyning zarar etgan qismidan 1984 y.t. I.S., 1987 yilda tug`ilgan I.N., 2006 yilda tug`ilgan I.R. va 2009 yilda tug`ilgan I.S. olib chiqilib, tibbiyot muassasasiga yuborilgan.

Chaqnash oqibatida 1984 y.t. I.S., 2006 yilda tug`ilgan I.R. vafot etgan bo`lib, 1987 yilda tug`ilgan I.N. va 2009 yilda tug`ilgan I.S. turli darajada tan jarohatlari olgan.

Birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, chaqnashning asosiy sababi sifatida tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi taxmin qilinmoqda.

Voqea joyida Toshkent viloyati hokimligi, viloyat IIB, FVB, SSB va tegishli idoralarning kuch va vositalarini jalb qilingan bo`lib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish choralari ko`rilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz va isitish moslamalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilishingizni so`raydi.

Favqulodda vaziyat ro`y berishi sabablari bo`yicha ma`lumot taqdim etib boriladi, deyilgan xabarda. 

    Boshqa yangiliklar