Afg`onistonning sharqida yangi terrorchilik harakati sodir etildi. Bu haqda “Anadolu Ajansı” G`azna viloyati hokimi ma`muriyati matbuot kotibi Vohidulla Jumazodaning so`zlariga tayanib ma`lum qildi, deb yozmoqda UzA.
Axborot manba xabarida qayd etilishicha, hodisa oqibatida 31 kishi halok bo`lgan, 24 kishi jarohatlangan.
Mina qo`yilgan avtomobil noma`lum odamlar tomonidan maxsus xizmat bo`linmasi binosi oldida portlatilgan.
Hozircha boshqa tafsilotlar keltirilmagan.






