Bugun, 1 dekabr kuni tunda rossiyalik aralash kurash jangchisi, UFS chempioni Habib Nurmagomedov Toshkentga keldi. Bu haqda "Qalampir" yozmoqda.
Hozircha uning O`zbekistonga navbatdagi tashrifi sabablari ma`lum emas. Bugun O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida Nurmagomedov ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, Habib birinchi bor O`zbekistonga tashrif buyurayotgani yo`q. U 2019 yilning noyabr oyida ham O`zbekistonda bo`lgandi. O`shanda poytaxt Toshkentda MMA bo`yicha GFS-20 musobaqasi o`tkazilgan.