Avvalroq, bugun tunda rossiyalik aralash kurash jangchisi, UFS chempioni Habib Nurmagomedov Toshkentga kelgani haqda xabar bergan edik.
Sportchi bilan bo`lib o`tgan matbuot anjumanida u O`zbekiston va bu erdagi muxlislari haqida o`zining ilq fikrlarini bildirdi:
"O`zbekistonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Janglarim davomida meni qo`llab-quvvatlab turdingiz, buni his qildim. Buning uchun rahmat. Mamlakatda sportni rivojlantirish uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish kerak. Ko`rib turibman, xalqaro arenalarda o`zbek jangchilari paydo bo`la boshladi. Sizlarda boks ham yaxshi rivojlangan. Sizlardagi yigitlarning salohiyatini ko`rib turibman», dedi u matbuot anjumanida"