AsosiyJamiyat

Qimmatbaho xaridlarini berkitgan va portalda e`lon qilmagan mansabdorlarga nisbatan javobgarlik belgilanmoqda

'Qimmatbaho xaridlarini berkitgan va portalda e`lon qilmagan mansabdorlarga nisbatan javobgarlik belgilanmoqda'ning rasmi

Davlat mablag`ini qaerga va qanday ishlatayotganini hamma kuzatib borishi ayrim idoralarda davlat haridlarini yopiq amalga oshirishga intilishni kuchaytirishi mumkin.  Shu bois, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga alohida davlat haridlari to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev ma`lum qildi. 

Unga ko`ra, davlat haridi rejasini, davlat haridini amalga oshirish uchun e`lonlarni maxsus portalga joylashtirmagan mansabdor shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravaridan o`n besh baravarigacha jarimaga tortiladi.  

Agar mansabdorlar davlat xaridi bo`yicha e`lonlar va xarid hujjatlariga ta`qiqlangan va raqobatni cheklovchi ma`lumot, havolalar, talablarni kiritsa bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravaridan o`n besh baravarigacha jarima to`laydi.  

Qonun loyihasi bilan davlat haridlari to`g`risidagi qonun hujjatlarini boshqa holatlarda buzganlik uchun ham  javobgarlik belgilanmoqda.  

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o`qishda qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar