1

Dubaylik polisiyachi Lionel Messining shaxsiy hayotiga aralashganlikda ayblanmoqda(Video)

Dunyo 21.01.2016, 11:01
Dubaylik polisiyachi Lionel Messining shaxsiy hayotiga aralashganlikda ayblanmoqda(Video)

Gap polisiyachining futbol yulduzi pasportini ushlab turgani tasvirlangan videorolik haqida bormoqda.

Ayblanuvchining ta`kidlashicha, bu videorolik 2015 yil dekabr oyida yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini olish uchun borganida Dubay aeroportida tasvirga olingan.

Polisiyachining aytishicha, u futbolchi bilan suratga tushmoqchi bo`lgan, ammo “Barselona” o`yinchisi o`ta charchagan edi. Shundan so`ng u ro`yxatga olish stoliga borgan, u erdan futbolchining pasportini olib, videog olgan. Videorolikda polisiyachi “Bu Messining pasporti. Uni yoqib yuboraymi yoki qaytarib beraymi?” deydi. 

Sud bu hatti-harakatni futbolchining shaxsiy hayotiga noqonuniy aralashish deb topdi. 27 yoshli polisiyachining o`zi esa bu ayblovni rad etmoqda. Uning so`zlariga ko`ra, u video tasvirga olish uchun Messining tan soqchisidan ruxsat so`ragan. U, shuningdek, videoning xazil ekanligini aytib o`tgan. Bu haqda Ntv xabar beradi

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1