“Tolibon” Qobulda portlash sodir etdi

Dunyo 21.01.2016, 11:37
“Tolibon” Qobulda portlash sodir etdi

“Tolibon” terrorchilik guruhi Afg`oniston poytaxti Qobul shahrida mahalliy telekanalning etti nafar jurnalisti o`tirgan avtomobilni portlatib yubordi, deb xabar beradi “RBK” nashri “Tolibon” terrorchilik guruhi vakili Zabihulla Mujohidning so`zlariga asoslanib.

“Agar ular (G`arbiy davlatlar) o`zlarining yovuz faoliyatini to`xtatmasa, bu ularga so`nggi hujumimiz bo`lmaydi”, — dedi u.

Halok bo`lgan etti jurnalistning barchasi  Tolo News telekanalida ishlar edi. Bungacha hujum qurbonlari soni oltita ekanligi aytilgan edi.

Xudkush terrorchi jurnalistlar o`tirgan mikroavtobusga hujum qildi. Bu hodisa Qobuldagi Rossiya elchixonasi yaqinida sodir bo`ldi.

Reuters axborot agentligining ma`lumot berishicha, toliblar o`tgan yili telekanalga hujum uyushtirish haqida ochiqchasiga aytgan.  
Rossiya tashqi ishlar vazirligi portlash oqibatida elchixona xodimlari jabrlanmaganini ma`lum qilgan. Elchixona binosi biroz zararlangani aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1