Avvalroq, Rossiyalik aralash kurash jangchisi, UFC chempioni Habib Nurmagomedov Toshkentga kelgani haqida xabar bergan edik.
H.Nurmagomedov bilan bo`lgan matbuot anjumanida u O`zbekistonda sportga, jumladan aralash jang san`ati turlariga e`tibordan mamnunligini ta`kidladi. Hamda o`zbekistonlik sportchilardan kimlarni kuzatib borishini ham aytib o`tdi.
"Oxirgi Olimpiada va jahon chempionatlarida bokschilaringiz ishtirokini alohida kuzatib bordim. Ekaterinburgdagi JChda Bahodir Jalolov, Olimpiadada engil vazndagi yigitlaringiz ishtiroki yoqqan. Umuman, O`zbekistonda ko`plab yaxshi sportchilar bor. Sportchi uchun qulay sharoit yaratib berilsa, yangi nomlar chiqib kelaveradi. O`ylaymanki, bu borada mamlakatingizda yaxshigina imkoniyatlar bor. Yaqin kelajakda yana-da nomdor sportchilar etishib chiqishiga ishonaman" deydi sportchi.