AsosiyShou-biznes

Ozoda Nursaidova: “Nomimdan foydalanib, o`zini reklama qilayotganlarga qonuniy chora ko`raman”

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Dilfuza Ismoilovaning bir restoranda raqsga tushayotgan suratlari tarqalgan edi. Xonanda ushbu suratlar hamkasbi Ozoda Nursaidovaning onasi tavalludi munosabati bilan o`tkazilgan tadbirdan “stop kadr” qilinganini aytib, bunda aynan Ozoda Nursaidovaning qo`li borligini ta`kidlagan edi. “Qalampir.uz” sayti vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Ozoda Nursaidova bilan bog`landi.

“14 yil avval men hech qanday yig`in qilmaganman. Bu haqda gapirayotgan odam yilini aniq bilib gapirishi kerak. Bu xabarni eshitgach, avvaliga Dilfuza Ismoilovani qachon biror yig`inga taklif qilganimni eslay olmadim. Onamning tug`ilgan kunlari bundan 8 yil avval, ya`ni 2008 yilda  Toshkentdagi “Marrakesh” restoranida nishonlangan edi. U erda men qatnashmaganman. O`sha davrada olingan video tasvirlar ham, fotosuratlar ham menda saqlanib qolmagan. Meni birovning suratini tarqatishdan boshqa ishim yo`qmi? Keyin xonanda Dilfuza Ismoilovaning suratlarini ataylab tarqatish shart emas, u hamma to`ylarda shunday raqsga tushadi. Dilfuza Ismoilova mening nomimdan piar sifatida foydalanibdi. Menimcha, bu atayin uyushtirilgan reklama.
Men ham nomimdan foydalanib, o`zini reklama qilayotganlarga qonuniy chora ko`raman”, —dedi xonanda.

    Boshqa yangiliklar