AsosiyDunyo

Ekaterinburgda o`zbekistonliklar bo`lgan mashina halokatga uchradi. 27 yoshli ayol va 5 yashar bola vafot etdi

'Ekaterinburgda o`zbekistonliklar bo`lgan mashina halokatga uchradi. 27 yoshli ayol va 5 yashar bola vafot etdi'ning rasmi

2 dekabr kuni Ekaterinburgda bir guruh o`zbekistonliklar mingan “Volksvagen Polo” rusumli engil mashina yo`lning muzlagan qismida avtohalokatga uchragan, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mamlakatimizning Ekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi ma`lum qilishicha, buning oqibatida ikki nafar yurtdoshimiz - 27 yoshli ayol va besh yoshli bola halok bo`lgan. Besh nafar kishi og`ir jarohatlar bilan shaharning 9-bolalar va 23-kasalxonalariga yotqizilgan. Hozir shifokorlar o`ta og`ir ahvolga tushgan mashina haydovchisi va vafot etgan bolaning onasi bilan bog`liq jarrohlik amaliyotlarini bajarmoqda. O`zbekiston Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari yuzaga kelayotgan turli masalalarni joyida hal qilish uchun kasalxonalarda bo`lib turibdi.

    Boshqa yangiliklar