Interpol butun dunyoda uyushgan jinoyatchilik xavfi tug`ilayotganidan havotirlanmoqda.
Ta`kidlanishicha, katta kuchga ega uyushgan guruhlar qalbaki jahonga koronavirusga qarshi vaksinalarni tarqatishni yoki almashtirish yo`li bilan haqiqiysini o`zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Interfaxs xabar berdi.
"Shu sababli huquqni muhofaza qilish organlari har xil kriminal holatlarga imkon qadar sinchkov va ehtiyotkor bo`lishlari kerak", – dedi Interpol bosh kotibi Yurgen Shtok.
Mazkur xavfni inobatga olib, Interpol 194 ta a`zo mamlakatga ogohlantirish maktubini yubordi.
Shu o`rinda Shtokning eslatib o`tishicha, jinoyatchi guruhlar qalbaki vaksina va preparatlar haqida yolg`on rneklamalar bilan internetdagi saytlar orqali ham odamlarning ongiga ta`sir o`tkazishi, fuqarolarga soxta dorilarni tavsiya qilishi ham mumkin. Bu esa butun dunyo ahli salomatligini jiddiy xavf ostiga qo`yadi.
Shu bilan birga uyushgan guruhlar koronavirusni aniqlaydigan qalbaki testlarni ham tarqatishga harakat qilishmoqda. Mas`ul tashkilotning ogohlantirishicha, ro`yxatga olingan 3 mingta saytdan 1,7 mingtasi noqonuniy tibbiyot mahsulotlarini tarqatish bilan shug`ullanmoqda.






