Bu yil ko`p qurbon berdik, sabrimiz sinovdan o`tdi. Shunga qaramay, bizni nafaqat o`z iste`dodi balki, dunyoning yaxshilanishiga kuch va vaqt sarflagani bilan hayratga solgan insonlar bor. Ulardan biri bo`lgan Selena Gomezni People nashri "2020 Yil odami" deb e`lon qildi.
Selena joriy yilda "Rare" deb nomlangan o`zining birinchi albomini chiqardi, HBO Max seriyali Selena + Chef dasturini yo`lga qo`ydi va uning bu oshpazlik shousi katta muvaffaqiyat qozondi. Instagramda eng ko`p kuzatuvchilarga ya`ni 195 million folloverga ega bo`lgan xonanda o`z sahifasida iyun oyida qora tanli Amerika fuqarosi bilan yuz bergan nohaqlikka qarshi namoyishlarda qatnashdi.
U bu yutuqlar bilan kifoyalanmadi. Shuningdek, 2020 yilda Selena Gomez "Rare beauty" inklyuziv makiyaj brendiga asos soldi. Gomez o`z brendi orqali odamlarni ruhiy salomatlik xizmatlaridan foydalanishiga ko`mak berish va moliyalashtirish uchun 10 yil ichida 100 million dollar yig`ishni maqsad qilgan.






