1

Moskvada joriy mavsumda ilk marta gripp bilan og`rigan bemor vafot etdi

Dunyo 21.01.2016, 17:11
Moskvada joriy mavsumda ilk marta gripp bilan og`rigan bemor vafot etdi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida joriy epidemik mavsumda ilk marta  gripp oqibatida vafot etish holati qayd etildi. Bu haqda yuqumli kasalliklar bo`yicha Moskva shahri bosh mutaxasisi Nikolay Malishev so`zlariga asoslanib, “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Malishevning so`zlariga ko`ra, gripp bilan og`rigan bemor aynan nima sababdan vafot etgani hozircha noma`lum. Uning ta`kidlashicha, bunday vaziyatlarning asosiy sababi shifokorga kech murojaat qilishdir.

“Aksariyat dorilar kasallik boshlanganidan keyin uch kun ichida samarali ta`sir ko`rsatadi”, — deya qo`shimcha qildi Malishev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1