Buyuk Britaniyada aholini koronavirusga qarshi emlash boshlanadi. Milliy sog`liqni saqlash xizmati emlashni 8 dekabrdan boshlashni rejalashtirmoqda, deb «Korrespondent.net»ga tayanib "Daryo.uz".
Emlash birinchi navbatda qariyalar uyida yashovchilar va uning xodimlarida, shuningdek, xavf ostida bo`lgan 80 yoshdan oshgan odamlarda amalga oshiriladi.
Milliy sog`liqni saqlash xizmati ijrochi direktori Kris Hopsonning so`zlariga ko`ra, COVID-19 vaksinasi 50 ta kasalxonaga etkaziladi.
«Vaksinalar to`g`risida uzoq kutilgan yangiliklar 2021 yilga optimizm bilan qarashimiz mumkinligini anglatadi», — deya ta`kidladi shifokorlar. Ularning qo`shimcha qilishicha, hech kim to`liq emlashdan keyin ham virus «yo`q bo`lib ketishini» kutmaydi.






