AsosiySport

O`smirlar o`rtasida O`zbekiston chempionati g`oliblari aniqlandi

'O`smirlar o`rtasida O`zbekiston chempionati g`oliblari aniqlandi'ning rasmi

Qibray tumanidagi Bolalar va o`smirlar sport maktabida 2008 yilda tug`ilgan o`smirlar o`rtasida mini futbol bo`yicha O`zbekiston chempionati nihoyasiga etdi.

Musobaqalarda ishtirok etgan viloyatlar terma jamoalari 10 kun davomida chempionlik uchun kurash olib bordi.  

 Ayniqsa, murosasiz o`tgan final uchrashuvida sirdaryolik o`smirlar farg`onalik tengqurlarini mag`lub etib, O`zbekiston chempioni bo`lishdi.     

Musobaqaning yarim finalida mag`lubiyatga uchragan Xorazm va Jizzax viloyatlari terma jamoalari 3-o`rin sohibi bo`ldi. Chempionatda faol ishtirok etgan sportchilarga turli nominasiyalar bo`yicha qimmatbaho esdalik sovg`alar topshirildi. Chempionatda Toshkent viloyati terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar