Turkiyaning Antalya shahrida erkaklar o`rtasida ITF turkumiga kiruvchi musobaqa nihoyasiga etdi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.
Quvonarlisi, turnirning juftlik bahslarida o`zbekistonlik tennischilar - Sanjar Fayziev va Sergey Fomin chempionlikni qo`lga kiritishdi.
Biroz avval nihoyasiga etgan finalida tennischilarimiz mezbon - Umut Akkoyun/Nachi Turker tandemiga qarshi o`yin o`tkazishdi. Uch set yakuniga ko`ra ular 7:6, 3:6, 10:7 hisoblarida g`alaba qozonishdi va musobaqaning juftliklar o`rtasidagi bahslarida bosh sovringa ega bo`lishdi.






