AsosiySport

Dzyudo bo`yicha O`zbekiston chempionati g`oliblari aniqlandi

'Dzyudo bo`yicha O`zbekiston chempionati g`oliblari aniqlandi'ning rasmi

Uch kun davomida poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida o`tkazilgan va hayajonli lahzalarga boy bo`lgan dzyudo va para-dzyudo bo`yicha kattalar o`rtasidagi O`zbekiston chempionati o`z yakuniga etdi.

Musobaqada Qoraqalpog`iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida jami 500 nafardan ziyod dzyudochilar chempionat medallari uchun tatamiga chiqishdi. 

O`zbekiston dzyudo federasiyasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko`ra umumjamoa hisobida (ham erkaklar, ham ayollar) Xorazm viloyati terma jamoasi birinchi o`rinni egalladi. Vohalik dzyudochilarning ushbu natijasiga ayollar jamoasining muvaffaqiyatli ishtiroki zamin yaratdi. Xorazmlik dzyudochilar 4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo`lga kiritishdi. 

Ikkinchi o`rinni 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan Surxondaryo viloyati jamoasi band etdi. Kuchli uchlikka 3 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan Toshkent viloyati dzyudochilari yakun yasashdi. 

Toshkent shahri jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza, Qoraqalpog`iston dzyudochilari 2 ta oltin, 3 ta bronza medaliga sazovor bo`lishdi. Qashqadaryo, Andijon, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg`ona va Jizzax viloyati terma jamoalari ham kumush hamda bronza medallariga ega chiqishdi.      

    Boshqa yangiliklar