AsosiyDunyo

Dunyoda koronavirusdan aziyat chekkanlar 65 mln.dan oshdi

'Dunyoda  koronavirusdan aziyat chekkanlar 65 mln.dan oshdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 65 million 870 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 523 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 67 million 073 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 536 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 14,191 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (9,644 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (6,633 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (2,460 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Fransiya (2,241 milliondan ortiq).

    Boshqa yangiliklar