AsosiySport

UFC tashkilotlarida ommaviy qisqartirish: Yil so`nggiga qadar 60 jangchi bilan shartnoma bekor qilinadi

'UFC tashkilotlarida ommaviy qisqartirish: Yil so`nggiga qadar 60 jangchi bilan shartnoma bekor qilinadi'ning rasmi

UFC prezidenti Dena Uayt yil so`nggigacha promoushenning 60 nafar jangchisi bilan shartnomani bekor qiladi.

Bu haqida tashkilot prezidenti Dena Uaytning o`zi xabar berdi

"Faqat Yoel Romero ketmaydi. Biz yil oxirigacha yana 60 nafar jangchi bilan xayrlashamiz. Promoushenda katta o`zgarishlar bo`ladi. Yaqin 3-4 haftada yangi nomlar bilan tanishishingiz mumkin. Ba`zida shunday keskin qarorlar qabul qilishga to`g`ri kelib qolar ekan", — dedi Uayt.

Bir necha kun avval UFC`ning faxriy jangchilaridan biri, 43 yoshli liga yulduzi Yoel Romero promoushendan chetlatilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar